Everton Braimini sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
22 avg 2016
Portu yarim himoyachisi Yasin Braimi Everton qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.

Sky Sports nashri xabariga ko'ra, mersisaydliklar Portugaliya klubidan 26 yoshli jazoirlik futbolchini sotib olishga yaqin. Biroq Braimi YCHLda o'ynaydigan Angliya klublaridan biriga o'tishni istamoqda. Futbolchi oldinroq Xitoy klubidan tushgan taklifni rad qilgandi.

Portudagi faoliyati davomida 77ta o'yinda Braimi 21ta gol urgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com