"Everton" 300 ming funt jarima to'laydi

Aziz Tukhtamuradov
1 okt 2022, 09:33
"Everton" muxlislar sabab 300 ming funt miqdorida jarimaga tortildi.

Bu o'tgan mavsumdagi "Everton" - "Kristal Pelas" (3:2) o'yini bilan bog'liq. O'shanda jamoa g'alaba qozonib, APLda qolishni uddalagandi. 

Final hushtagi yangragach, ko'plab muxlislar g'alabani nishonlash uchun maydonga tushib ketishgandi. 

Angliya futbol assotsiatsiyasi bayonotiga ko'ra, muxlislar o'zlarini "xavfli va agressiv" tutishgan. 

"Everton" ham o'sha vaziyatda muxlislarni nazorat qila olmaganini tan olgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC