"Everton" 30 million evrolik transferni amalga oshirishga tayyor

Alisher
2 iyun 2020
"Napoli" yarim himoyachisi Allan yozgi transferlar oynasida Angliya Premer-ligasiga yo'l olishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar tarqatmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, "ko'klar" 29 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 30 million evro taklif qilishga tayyorlar.

"Everton" shuningdek Allanga ham shartnoma tayyorlab qo'ygan. Unga ko'ra, futbolchi bonuslardan tashqari yiliga 6 million evro miqdorida maosh oladi.

Allan joriy mavsum A Seriya doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assis qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira