Eto`O: "Barselona"da o'ynash - ajoyib idishda vino ichish kabidir"

Mirjalol Normatov
20 sen 2019
"Barselona"ning sobiq futbolchisi Samuel Eto`O ushbu klub tarkibida o'ynashni ajoyib tarzda baholadi.

"Barselona"da o'ynash - ajoyib idishda vino ichishdek gap. Grizmann buni ichib, bundan rohatlanmoqda. Antuanga ushbu klubda o'ynayotganidan rohatlanishi kerakligini aytib o'tmoqchiman. Barcha eng yaxshi futbolchilar kuchli jamoadoshlari orqali o'z o'yinlarini kuchaytiradi", - dedi Samuel Eto`O.

Ushbu mavsumda Grizmann "Barselona" tarkibida 4 o'yinda qatnashib, 2 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express