Essen jarohatlardan qochish uchun JCHda beshinchi raqam ostida o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
7 iyun 2014, 18:28
"Milan" yarim himoyachisi Maykl Essen jahon chempionatida sakkizinchi raqam o'rniga beshinchi raqamda maydonga tushishga qaror qildi.
Bu haqda Gana futbol asocaciyasi ijro qo'mitasi vakili Uinferd Osey xabar berdi.

"Kollej paytlari Maykl beshinchi raqamda o'ynardi. Besh uning sevimli raqami, bu raqam unga doim omad keltirgan. Fransiyada va yo"Chelsi"da u beshinchi raqam ostida o'ynagan. Sakkizinchi raqamni olganidan so'ng faoliyatida pasayish kuzatildi. Futbolkadagi raqam bu shunchaki oddiy narsa emas. Beshinchi raqam unga jarohatlardan holi bo'lishga yordam beradi", - deydi Osey.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com