"Espanol"da ham 10 kishi koronavirusga chalingan

Alisher
6 apr 2020
"Espanol" ustozi Abelardo Fernandes COVID-19 bo'yicha jamoadagi holat haqida gapirdi.

"Hozir bosh jamoadagi 10 nafar o'yinchida koronavirus aniqlandi - 8 futbolchi va 2 nafar murabbiy. Men o'zimni izolyaciya qilaman va haftada bir marta jamoa bilan uchrashaman.

Futbol haqida o'ylash oxirgi darajada, vaziyat juda ham murakkab", - deydi Abelardo.

Eslatib o'tamiz, "Espanol" La Ligada 20 ochko to'plagan holda jadvalning so'nggi pog'onasida bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: Sport.es