"Espanol" futbolchilari va murabbiylar shtabidan 6 kishi koronavirusga chalingani ma'lum bo'ldi

Alisher
18 mar 2020, 10:20
"Espanol" klubdagi bir necha insonning koronavirusga chalinganini e'lon qildi.

Bayonotga ko'ra, asosiy jamoa va murabbiylar shtabidan 6 kishining koronavirus uchun topshirgan testlari ijobiy chiqqan.

Ularning har birida engil alomatlar bor edi. Endilikda barcha bemorlar shifokorlarning tavsiyalariga rioya qilishadi.

Eslatib o'tamiz, "Espanol" La Liganing joriy mavsum shu paytgacha o'tkazilgan 27 turidan so'ng 20 ochko to'plagan holda jadvalning so'nggi, 20-pog'onasida borishmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: rcdespanyol.com