"Espanol" darvozaboni Joan Garsiya "Barselona"ga o'tishini istisno qilmadi

Sherzod Nurmatov
28 may 2025, 18:16
"Espanol"ning 24 yoshli ispaniyalik darvozaboni Joan Garsiya "Barselona"ga o'tishi mumkin bo'lgan mish-mishlarga izoh berdi.

"Barselona"ga o'tish mumkinmi? Bilmayman. Biroq "Espanol"ga qarshi o'ynash ajoyib bo'lardi. Bu sodir bo'lishi mumkin. Men ijobiy tomonini izlashga harakat qilaman, agar shunday bo'ladigan bo'lsa, buni iliq qarshi olaman. Oxir-oqibat, futbol – kundalik yangiliklar. Hamma narsa ular aytganidek bo'lavermaydi", – dedi Garsiya.

Avvalroq Garsiya "Arsenal"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. U 2024 yilda Ispaniya terma jamoasi bilan Olimpiada chempioni bo'ldi.

Garsiya ushbu mavsum 38 o'yinda qatnashib, 51 ta gol o'tkazib yubordi va 8 ta o'yinda darvozasidan to'p olib chiqmadi. U 146 ta seyv bilan La Ligada peshqadamlik qilmoqda. Uning "Espanol" bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, tovon puli – 25 mln evro. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning taxminiy bahosi–  20 mln evro.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Esport3