Eshitdikda: "Lokomotiv"ga ko'rikdan o'tish uchun braziliyaliklar kelishi mumkin
Narzulla Saydullayev
17 iyun 2014, 12:23
Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra davralar oralig'ida Avstriyada yig'in o'tkazadigan "Lokomotiv" safini bir qator futbolchilar to'ldirishi mumkin.
Uch nafar braziliyalik futbolchi jamoaning yig'inida ishtirok etishi mumkin. Sal avval Mullajonov, Zoteev va Shog'ulomov kabi futbolchilar Avstriyaga borishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatidan joy olganligini aytib o'tgan edik.