Eshitdik-da! Qarshi davlat universiteti Pro ligada o'ynashi mumkin

Sherzod Nurmatov
10 noya 2025
2025 yilgi mavsumni Birinchi ligada o'tkazayotgan "Lochin" klubi ko'pchilikning e'tiboriga tushib ulgurdi.

Qarshi davlat universiteti jamoasi debyut mavsumidayoq O'zbekiston Kubogini "yondirdi" deyish mumkin. 

"Lochin" mamlakat kubogining amaldagi egasi "Andijon" va Superliganing yana bir klubi "Surxon"ni guruhda qoldirib kyetishga erishdi. Ayni vaqtda "Lochin" Birinchi liga pley-off bellashuvlarida chorak finalga yo'llanmani qo'lga kiritgan. 

Olingan ma'lumotlarga qaraganda, O'zPFL xuddi "FarDU" bilan bo'lgani kabi "Lochin" bilan ham mavsum davomida hamkorlikda ish olib bormoqda. "FarDU" 2025 yilgi mavsumni "Istiqlol" stadionida boshlab, keyinchalik universitetning o'ziga qarashli stadionini PFL talablari asosida ta'mirdan chiqardi va avgust oyidan boshlab o'z uyiga qaytdi. Ayni vaqtda esa Qarshi davlat universitetiga qarashli stadionni Pro liga talablari asosida ta'mirlash ishlari davom etmoqda. 2026 yildan boshlab "Lochin" o'z raqiblarini unda qabul qila boshlaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia