

Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, teletranslyatsiyalar bilan bog'liq sabab bilan mazkur uchrashuv sanasi o'zgartirilgan. PRO-Liganing hal qiluvchi o'yini 1-dekabr kuni Farg'ona shahridagi "Istiqlol" o'yingohida bo'lib o'tadi.
Ma'lumot uchun, 19-turdan so'ng "Neftchi" 37, "Turon" esa 35 ochko jamg'argan. Ushbu o'yin g'olibi to'g'ridan-to'g'ri final yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Shuningdek, uchrashuvdagi durang natija ham Abdusamad Do'rmonovga Superliga yo'llanmasini taqdim etishi mumkin.



