Eshitdik-da! Parij Olimpiadasiga boradigan OTJ a'zosi "Bunyodkor"ga o'tmoqda

Tolibjon Qosimov
9 iyul 2024, 17:29
2 iyul kuni mamlakatimizda yozgi transfer oynasi ochilganidan xabaringiz bor.

Jamoalar allaqachon tarkibni kuchaytirish jarayonini boshlab yuborishgan.

"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi bilan Parij Olimpiadasiga boradigan futbolchi "Bunyodkor" jamoasiga o'tmoqda. Gap "Olimpik" darvozaboni Hamidullo Abdunabiev haqida ketmoqda. "Qaldirg'ochlar" va darvozabon o'zaro kelishuvga erishib bo'lishgan. Shartnoma imzolashning so'nggi bosqichi qolgan. Abdunabiev Superliga 1-davrasining oxirgi o'yinlarida o'zini juda yaxshi ko'rsata oldi va Kapazde tomonidan Olimpiadaga boradigan ro'yxatga kiritildi.


Eslatib o'tamiz, 21 yoshli Hamidullo joriy mavsum "Olimpik" tarkibida Superligada 10ta uchrashuvda maydonga tushdi va o'z darvozasidan 10 ta gol olib chiqib, 4 ta bellashuvni "quruq" o'tkazgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia