

Kecha sloveniyalik mutaxassis "Bunyodkor", "Paxtakor", AGMK stadionlari, shuningdek MOQ binosiga tashrif buyurdi. Bugun esa katta ehtimol bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Bizga ma'lum bo'lishicha, yangi tuziladigan O'zbekiston milliy terma jamoasiga Srechko Katanets o'zi bilan ikki nafar yordamchi olib keladi. Shuningdek, murabbiylar shtabidan Ravshan Haydarov ham o'rin oladi. Katanets boshchiligidagi murabbiylar shtabida o'zbekistonlik mutaxassis ham bo'lishi ko'zda tutilgan va O'FA bu borada Haydarov nomzodini ilgari surgan.
Bilasiz, ayni paytda Ravshan Haydarov O'zbekiston U-22 terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.



