Eshitdik-da! "Olimpik" Proliga so'nggi tur o'yiniga bormaydi

Tolibjon Qosimov
10 noya 2025
Xabaringiz Proligada mavsum yakuniga etmoqda.

16 noyabr kuni mavsumning oxirgi o'yinida "FarDU" hamda "Olimpik" jamoalari Farg'onada o'zaro bellashishlari lozim.

"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, "Olimpik" klubi qarzdorliklar ko'payib ketgani va ayni paytda pul yo'qligi sabab ushbu uchrashuvda ishtirok etish uchun vodiyga bormaydi.

Eslatib o'tamiz, "Olimpik" futbolchi, murabbiy va xodimlari iyun, iyul, avgust, sentyabr, oktyabr oyi maoshlarini olishmagan. Jamoa noyabrni ham qo'shsa 6 oydan beri maoshsiz o'ynab kelmoqda.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia