

"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, Proligaga tushib ketgan "Olimpik" jamoasi sardori Nodir Abdixoliqov Tyermizning "Surxon" klubiga o'tmoqda. Tomonlar o'zaro kelishuvga erishishgan. 23 yoshli markaziy yarim himoyachi yangi mavsumni "Surxon"da o'tkazadi.
Ma'lumot uchun, Nodir Abdixoliqov joriy mavsum "Olimpik" tarkibida Supyerliga va O'zbekiston kubogida 29ta o'yinda maydonga tushdi hamda 6 ta assist qayd etdi.

Eshitdik-da! "Olimpik" sardori bilan "Surxon" va "Qizilqum" muzokara o'tkazmoqda



