Eshitdik-da! "Olimpik" yetakchilaridan biri "Paxtakor"ga o'tmoqda

Tolibjon Qosimov
7 yanv 2023
Superliga klublarimiz yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish va tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirishmoqda.

O'tgan mavsum "Olimpik" jamoasi yetakchilaridan biriga aylangan markaziy himoyachi Muhammadqodir Hamraliev "Paxtakor"ga o'tish arafasida. Tomonlar hozircha muzokaralarning so'nggi bosqichidalar. 21 yoshli himoyachi allaqachon "sherlar" bilan birga mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.

Eslatib o'tamiz, Hamraliev o'tgan mavsum Superligada 25ta uchrashuvda qatnashdi va 3ta gol urib, bitta golli pas bergan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia