

"Obod" oliy ligadagi birinchi xususiy klub. Ularning 2016 yildagi taxminiy xarajati 2-3 mlrd so'mdan iborat bo'lgan. Assiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilar 1 million so'm mikdorida mukofot puli olishadi, agar g'alaba qozonadigan bo'lsalar.
Ma'lumotlarga ko'ra, jamoa rahbariyati ikkinchi davrada homiylikni to'xatishlari mumkin. "Lokomotiv" bilan uyindan keyin futbolchilarga bu hakda ma'lum qilingan va agarda yangi homiy topilsa klubni topshirishlari mumkinligi aytilgan.
Shuningdek, jamoani PFL oldida badal puli bilan hisob kitobi to'liq qilinmagan. 2016 yil esa "Obod" birinchilardan bo'lib hisob kitobni to'g'irlab qo'ygan edi.


