Eshitdik-da! "Navbahor" va "Neftchi" serbiyalik hujumchi uchun kurashmoqda

Sherzod Nurmatov
10 iyun 2023, 16:35
Vodiy jamoalari yozgi transferlar vaqtida tarkibdagi bo'shliqlarni to'ldirish uchun astoydil harakat qilmoqda.

"Neftchi" va "Navbahor" hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida serbiyalik forvard Andriya Maydevacni qo'shib olmoqchi. Futbolchi dastlab namanganliklarning yaxshigina taklifini rad qilgan. 

Ma'lumot uchun, Andriya o'tgan mavsum Serbiya Superligasi ishtirokchisi "Novi Pazar" safida 26 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 3 ta assist qayd etdi. Uning klubi bilan shartnomasi joriy yilning 30 iyun sanasida yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia