Eshitdik-da! "Navbahor" Jasur Yaxshiboev bilan muzokara olib bormoqda

Iskandarov Abdulaziz
15 iyul 2022, 20:03
Namanganning "Navbahor" jamoasi yozgi transferlar oynasida tarkibini kuchaytirmoqda.

So'nggi ikki mavsumni legioner sifatida xorij klubida o'tkazgan Jasur Yaxshiboev ikkinchi davrani "Navbahor"da boshlashi mumkin. Ayni paytda tomonlar muzokara olib bormoqda. Ma'lumot uchun, Jasurbek Yaxshiboev 2021 yilning fevral oyida "Legiya"ga kelib qo'shilgandi. Hamyurtimiz o'tgan mavsumni "Sheriff" klubi tarkibida ijarada o'tkazgandi.  


Rasman: "Legiya" va Jasurbek Yaxshiboev o'zaro kelishuvga ko'ra o'rtadagi shartnomani bekor qilishdi


Yana bir ma'lumot, Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi futbolchisi Mirlan Murzaev "Navbahor"ning mashg'ulotlariga kelib qo'shilgan. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia