Eshitdik-da! "Nasaf"ga yangi legioner kelyapti

Sherzod Nurmatov
28 iyul 2022
Qarshining "Nasaf" klubi serbiyalik futbolchi Alen Mashovichni o'z safiga qo'shib olmoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda, 27 yoshli chap qanot vingeri bugun "Nasaf" safida tibbiy ko'rikdan o'tgan va ertaga shartnomaga imzo chekadi.

Alen Mashovichning so'nggi klubi "Vojdovac" bo'lgan edi. U o'tgan mavsum Serbiya Oliy ligasida 23 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan.

U shu paytgacha Serbiyaning "Partizan", "Borac" va  "Chukarichki" kabi jamoalarida, shuningdek, Yaponiyaning "Matida Zelviya" klubida faoliyat olib borgan.

Transfermarkt portali futbolchini 250 ming evrga baholagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia