Eshitdik-da! "Nasaf" "Spartak" bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Tolibjon Qosimov
1 yanv 2025
O'zbekiston klublari yangi mavsumga tayyorgarlikjarayonini boshlashayotgan bo'lishsa, Rossiyada jamoalar katta tanaffusga chiqishgan.

"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, Qarshining "Nasaf" jamoasi Moskvaning "Spartak" klubiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Mazkur bahs 24 fevral kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo'lib o'tadi.


Eslatib o'tamiz, bu jamoalar 2024 yilning iyul oyida Moskvada ham o'rtoqlik o'yini o'tkazishgan va o'shanda "Spartak" 3:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

Ayni paytda "Spartak" Rossiya chempionatida 18 turdan keyin 37 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda. Ular peshqadam "Krasnodar"dan bor yo'g'i 2 ochko ortda qolishmoqda.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia