

Ayni paytda Tojikiston terma jamoasi forvardi Rustam Soirov bilan muzokara o'tkazilyapti. Kelishuvga erishilsa, 20 yoshli hujumchi Toshkentga ko'chib o'tadi. Bu haqda championat.asia jurnalisti Faxriddin Ro'ziev xabar beryapti.

Soirov joriy mavsumning 2-qismini Estoniyada o'tkazib, U-21 jamoasi uchun 6 o'yinda 3ta gol urdi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, uning "Levadiya" bilan 2025 yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnomasi bor.



