

Endi Vitaliy Denisov ham Jizzaxda qolmaslikka qaror qilgan. Championat.asia ma'lumotiga ko'ra, uning yangi jamoasi Olmaliqning AGMK klubi bo'ladi.
Ma'lumot uchun, 35 yoshli himoyachi "bo'rilar" safiga yozda qo'shilgan edi. U "So'g'diyona" uchun 17ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 3ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


