

Saytimizga ma'lum bo'lishicha, serbiyalik O'zbekistonga qaytmoqda va “Paxtakor” sport direktori lavozimini egallaydi.
40 yoshli Miladinovich 2019 yil “Napredak” klub safida butsasini mixga ilgan.
Eslatib o'tamiz, u “sherlar” bilan 2 martadan O'zbekiston chempionligi va kubogini qo'lga kiritgan.



