

Eshitishimizga qaraganda, jamoa bosh murabbiyi Ildar Sakaev o'z lavozimini tark etgan.
"Andijon" 11 iyul kuni Chirchiqda PRO-liga B guruhining ishtirokchisi bo'lgan "Nurafshon" bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 2:4 hisobida yutqazgach murabbiy ishdan ketgan.
Hozircha yangi murabbiy nomi ma'lum emas.
Ma'lumot uchun, "burgutlar" 16ta o'yindan 32 ochko to'plashgan va musobaqa jadvalida ikkinchi o'rinda borishmoqda. "Surxon" va "Mashal" hisobida ham 32tadan ochko mavjud.




