Eshitdik-da: Alisher Rustamov "Buxoro"ga qaytdi

Tolibjon Qosimov
25 may 2015, 13:12
"Buxoro" jamoasining joriy yildagi inqirozidan keyin katta o'zgarishlar bo'la boshladi.

Mochinov ishdan ketgach, uning o'rniga Jamshid Saidov vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlandi. Ma'lumotlarga ko'ra, Gennadiy Kochnev mehnat tatiliga chiqqan. Avval ham klub rahbariyatida faoliyat olib borgan Alisher Rustamov yana "Buxoro"ni qo'lga olish arafasida turibdi. Eshitishimizcha, "Lokomotiv" bilan o'yinga jamoani Jamshid Saidov boshlab tushishi aniq bo'lib ulgurgan. Bu o'yinda Alisher Rustamov ham klubdagi faoliyatini yangitdan boshlashi kutilyapti.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia