
Bu haqda Farg'ona viloyati futbol federatsiyasi vice-prezidenti Salimjon Zokirov saytimizga xabar berdi.
Birinchi ligaga yo'llanma beruvchi "pulka"da qaysi jamoalarning ishtirok etishi hozircha ma'lum emas. Lekin klublar ikki guruhga ajratilishi ko'zda tutilgan. Shunisi aniqki, Farg'onadan “Yozyovon-lochinlari” va “Cementchi” jamoalari ishtirok etadi. Shuningdek Andijonning “UzDongJu” klubi ham qatnashishni rejalashtirgan. Eslatib o'tamiz, “pulka” o'yinlari 15 noyabr, shanba kunidan boshlanadi. Bu haqda keyinroq saytimizda batafsil to'xtalib o'tamiz.