Eron klubi Panshanbeni "Navbahor"dan 500 ming evroga sotib oladi

Sherzod Nurmatov
7 iyul 2022
Xabaringiz bor, "Navbahor"ning tojikistonlik legioneri Ehsoni Panshanbe jamoa bilan xayrlashdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 23 yoshli yarim himoyachi Eronning "Zob Ahan" klubiga o'tadi. Isfahon klubi ushbu transfer uchun 500 ming evro to'lab beradi.

Panshanbe "Navbahor" safida Superliga birinchi davrasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 160 daqiqa maydonda harakatlandi.

Tojikiston terma jamoasi a'zosi "lochinlar" safiga 2020 yilgi mavsumning ikkinchi davrasida kelib qo'shilgandi. Shu paytgacha u "Navbahor" libosida Superliga doirasida 44 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 2 bor ishg'ol qildi va 2 marotaba jamoadoshlarining goliga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: varzishtv.tj