Eron greklardan xafa bo'ldi va FIFAga etiroz bildirmoqchi

Aslanov Jasurbek
1 iyun 2018, 10:53
Eron futbol federatsiyasi gretsiyaliklar federatsiyasi bilan munosabatlar to'xtatilganini ma'lum qildi.

Bunga Gretsiya tashkiloti 2 iyun kuni Turkiyada o'tkaziladigan o'rtoqlik uchrashuvini bekor qilgani sabab bo'ldi.

Bundan tashqari, Eron futbol federatsiyasi moliyaviy yo'qotishni undirish uchun greklar ustidan FIFAga etiroz bildiradi. Eron FF bayonotiga ko'ra, greklar bilan bekor qilingan o'yin ularning JCH-2018ga tayyorgarligiga jiddiy zarar etkazgan.

Shunday qilib, Eron terma jamoasi turnirdan oldin faqat bitta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 8 iyun kuni eronliklar Moskvada Litva bilan o'ynaydi.

Eron terma jamoasi JCH-2018 guruh bosqichida Portugaliya, Ispaniya va Marokash bilan bellashadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com