Ernesto Valverde: Ispaniya kubogining 1/4 bosqichida “Real” bilan uchrashishni xohlamasdim

12 yanv 2018, 07:24
“Barselona” bosh murabbiyi Ispaniya kubogining 1/8 bosqichining javob o'yinida “Selta” ustidan qozonilgan yirik g'alabadan so'ng, o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“ “Real” bilan ko'rishishni istamas edim, ammo hozir buni gapirgandan mano yo'q. Bugungi o'yinning birinchi daqiqalaridan yaxshi harakat qildik, bizga shu boisdan musobaqaning murakkab bosqichida ham oson bo'ldi. Bellashuvga yaxshi tayyorlangandik, bu o'yinda samaradorlik ko'rsatkichimiz ham juda yuqori bo'ldi. Raqibning yaxshi o'yin ko'rsatishi uchun asoslari borligini bilardik. 28 ta mag'lubiyatsiz o'yin? Bu juda muhim raqamlar, ammo to'xtab qolmasdan faqat olg'a harakat qilish lozim” deydi “Barselona” bosh murabbiyi


O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com