Erkinjon Turdimov "Dinamo" qarorgohi va stadionini ko'zdan kechirdi

Narzulla Saydullayev
4 mar 2019
3 mart, yakshanba kuni Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov boshlanayotgan yangi mavsum oldidan “Dinamo” stadioni va qarorgohida qilinayotgan ishlarning borishi bilan tanishdi.

Superliga 1-turi doirasidagi 9 mart kuni o'tadigan “Dinamo” – “Nasaf” uchrashuviga qadar klub qarorgohi va “Dinamo” stadioni barcha talablarga javob berishi, muxlislarning stadionga kelib, xordiq chiqarib kyetishlari uchun barcha sharoitlar yaratilishi lozimligi takidlandi. Mutasaddilarga tegishli ko'rsatma va takliflar berildi.

Eslatib o'tamiz, “Dinamo” – “Nasaf” o'yini 9 mart kuni soat 16:00 da boshlanadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz