Erkin Baydullaev ertaga "Nasaf"ga yordam bera olmaydi

Ertaga "Nasaf" O'zbekiston kubogi chorak final doirasida "Paxtakor-2"ga qarshi dastlabki o'yinni o'tkazadi.

"Nasaf" yetakchisi Erkin Baydullaev Oliy liganing 14-turidan o'rin olgan "Paxtakor"ga qarshi bellashuvda jarohat olib maydonni tark etgandi.

Hozirda futbolchini jarohat hali ham bezovta qilayotgani sababli Erkin Baydullaev jamoa bilan birga emas. Futbolchi og'riq tufayli engil yugurish mashqlarini ham bajara olmayapti.

Erkin Baydullaev ikkinchi davradan boshlab maydonga qaytishi kutilmoqda.


Manba: championat.asia