"Tottenxem"ning daniyalik futbolchisi Kristian Eriksen klubi bilan shartnomasini uzaytirishni istamayapti.
22 yoshli futbolchi 2013 yilda "Ayaks"dan londonliklar safiga borib qo'shilgandi. Klub rahbariyatining yangi taklifiga binoan futbolchining maoshi yaxshigina oshirilishi kutilayotgandi. Ammo, Eriksen ushbu taklifga rad javobini berdi.