

"Sport.es" nashri xabariga ko'ra, "Inter"ning yangi a'zosi Milandagi mehmonxonalardan birini o'zining doimiy yashash manzilgohiga aylantirgan. Mazkur mehmonxona mamlakatda koronavirus pandemiyasining avj olishi oqibatida 15 mart kuni yopildi va Eriksen ma'lum muddat mobaynida doimiy turar joysiz qoldi.
Yuzaga kelgan vaziyatdan xabar topgan "neradzurrilar" klubi mutasaddilari daniyalik xavbek uchun yangi kvartira topishgan. Ma'lum bo'lishicha, Eriksen yaqin 2 haftani shu maskanda izolyaciyada o'tkazadi.



