Erik ten Xag: "Ronalduning o'rniga boshqa futbolchi? Qo'limizdan kelganicha ishlaymiz"

Mirjalol Normatov
11 dek 2022, 17:32
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag qishki transferlar oynasi vaqtida Krishtianu Ronalduning o'rniga boshqa futbolchi olib kelinishini aytdi.

"Ha, uning o'rniga biror futbolchini topamiz. Barchasi o'z qo'limizda, ishlashda davom etamiz. Har bir imkoniyatni chamalab o'rganyapmiz, agarda yaxshi imkon berilsa, undan foydalanib qolamiz", - dedi "Yunayted" ustozi.

Eslatib o'tamiz, JCH-2022 boshlanishi bilanoq "Manchester Yunayted" Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashganini ma'lum qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal