Enyama: "Jahonning eng yaxshi darvozaboni bo'lmoqchiman"

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2015, 13:09
"Lill" va Nigeriya terma jamoasi darvozaboni Vensan Enyama Nigeriyaning 2014 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Bu sovrinni qo'lga kiritganimdan xursandman, men bunga umid qilgan edim. "Lill"dagi va Nigeriya terma jamoasidagi barcha yaqinlarimga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Darvozabon sovringa erishishi juda qiyin. Xar o'yinda g'alaba qozonmoqchiman, xar o'yinda oldingisidan yaxshiroq harakat qilishni istayman. Maqsadim - jahonning eng yaxshi darvozaboniga aylanish. Buning uchun ko'p ishlashimga to'g'ri keladi" - deydi Enyama.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com