Entoni Xadson: "O'zbekistonga qarshi jiddiy tayyorlandik"

Narzulla Saydullayev
7 sen 2014, 12:06
O'zbekiston - Yangi Zelandiya o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Entoni Xadson va himoyachi Uinston Rid ishtirok etdi.
- Bo'lajak o'yinga e'tibor jiddiy. O'zbekiston terma jamoasi kuchli raqib, bu bahs biz uchun sinovga bo'ladi. Ertaga stadionga ko'plab muxlislar kelishiga umid qilaman, -deb gap boshladi Xadson.

Uinston Rid: - Murabbiyimiz aytganidek, o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Raqib tarkibida yaxshi saviyali futbolchilar mavjud. Bahs shiddatli kechadi.



- Siz Bahraynda bir necha yil ishlagansiz. O'zbekiston haqida nimalarni bilasiz?
- Bu jamoa kuchli va tajribali futbolchilarga ega. Jamoa Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri. Biz bu erga chiroyli o'yin ko'rsatib, g'alaba qozonish uchun kelganmiz.

- Ertaga mag'lubiyatga uchragan taqdirda tanqidlar ostida qolmaysizmi?
- Bu holatga biz tayyormiz. Bizni baribir tanqid qilishadi. Futbolda bu bor narsa. O'zbekiston Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Biz esa maydonga chiqib, o'z o'yinimizni namoyish etamiz.

- Jamoa Toshkentga asosiy tarkib bilan keldimi?
- Ha, 70 foiz futbolchilarimiz jamoa safida 20dan ortiq o'yinda ishtirok etishgan. Bu asosiy tarkibimiz.



Uinston Rid: - Men 2007 yildan buyon terma jamoa sharafini himoya qilaman. Asta-sekin o'sib boryapmiz. Toshkentga asosiy tarkibda tashrif buyurdik.

- Kuchli beshlik chempionatlarida o'ynaydigan futbolchilar uchun ertangi bahsga tayyorlanish ruhiy tarafdan qiyin bo'lmaydimi?
- Yo'q, bizda bu borada muammo yo'q. Futbolchilarning bari professional, ular har bir bellashuvga jiddiy hozirlik ko'rish kerakligini yaxshi anglab turishibdi.

- Nega yig'in Doxada olib borildi? Doxaning iqlimi Toshkentdan ancha farq qiladiku.
- Shunchaki u yerda yig'in o'tkazishga barcha sharoitlar bor. Bundan tashqari Doxadan Toshkentga yetib kelish qulay va tez edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia