Luis Enrike tanishtiruv marosimi bo'lgan kecha PSJ prezidenti policiyadan samolyotda bekinib o'tirgan

Omonjon To`xtamirzayev
3 yanv 2024, 13:38
PSJ prezidenti Nosir Al Xelaifi 2023 yilning 5 iyul kuni Luis Enrike jamoaning yangi murabbiyi sifatida keng ommaga tanishtirilganda o'z samolyotida bekinib o'tirgan.

"Onze Mondial"ning "Mediapart"ga tayanib bergan ma'lumotiga ko'ra, klub rahbarining Fransiyaga tashrifi vaqtida uni policiya xodimlari kutib turishgan. Ular Al Xelaifini lobbist Tayeb bin Abdurraxmon ishi bo'yicha so'roq qilmoqchi bo'lgan. Bundan tashqari qatarlik ta’sir doirasi kuchli shaxslar vazirlar Katrin Kolonna va Jerald Darmanen bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqaga chiqib, huquq-tartibot idoralariga ochiqchasiga tahdid qilgan.

Biroq Fransiyaning L'Equipe nashri "Mediapart"ga tayanib, iyul oyida "Pari Sen-Jermen" rahabarining roziligi bilan, uning o'zi voqea joyida bo'lmasa ham, kvartirasida tintuv ishlari o'tkazilganini xabar qilgandi.  

O'tgan yili Al Xelaifi odam o'g'irlanishi va qiynoqqa solinishiga aloqadorlikda gumon qilingandi. Takidlanishicha, Tayeb bin Abdurraxmon 2020 yilning olti oyini hibsda o'tkazdi va noyabr oyida Parij klubi prezidenti bilan bog'liq ma'lumotlarni oshkor etmaslik to'g'risidagi protokolga imzo chekib, Qatarni tark etishga ruxsat olgandi. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: onzemondial.com