Enrike "Napoli"da qancha maosh olmoqchi?

Omonjon To`xtamirzayev
29 may 2023, 12:20
Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" sobiq bosh murabbiyi Luis Enrike Neapolda yiliga 8 million evro ishlab topmoqchi.

Ispaniyalik murabbiyning maoshi soliqlarni qo'shganda 11,5 mlngacha ko'tarilishi mumkin. Klub egasi Aurelio De Laurentis bu shartga roziligi ma'lum qilinmoqda.

Avvalroq, "Napoli" chempion bo'lganiga qaramay, jamoa bosh murabbiyi Spalletti De Laurentis bilan urushib qolgani tufayli, klubdan ketishi mumkinligi xabar qilingandi. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: El Chiringuito