"Eng tez liga". Shomurodov Dzyubaga yirik hisobda yutqazdi

Tolibjon Qosimov
4 apr 2020, 00:03
Sports.ru "Eng tez liga" orqali Rossiya futbolini qaytarmoqda.

RPL klublaridagi futbolchilar qo'llariga joystiklarni olgan holda to'xtab qolgan 23-turdan mavsumni PES (Pro Evolution Soccer)da davom ettirishmoqda.

Biroz avval yakuniga etgan bahsda Eldor Shomurodov boshqaruvidagi "Rostov" o'z maydonida peshqadam "Zenit"ni boshqarayotgan Artyom Dzyuba bilan to'qnash keldi. Afsuski, hamyurtimiz raqibga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

"Rostov" (E.Shomurodov) - "Zenit" (A.Dzyuba) 0:4
Gollar:
Driussi 43, 54, Azmun 69, Dzyuba 71
23:00, PES 2020




O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia