"Eng tez liga". Eldor Shomurodov bugun navbatdagi o'yinini o'tkazadi

Alisher
1 apr 2020, 12:34
Sports.ru "Eng tez liga" orqali Rossiya futbolini qaytarmoqda.

RPL klublaridagi futbolchilar qo'llariga joystiklarni olgan holda to'xtab qolgan 23-turdan mavsumni PES (Pro Evolution Soccer)da davom ettirishmoqda.

Bugun Shomurodov boshqaruvidagi "Rostov" o'z uyida "Arsenal" (Danilin)ni qabul qiladi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Terma jamoamiz hujumchisi virtual musobaqada hozirga qadar 3ta o'yin o'tkazib, ulardan 2tasida mag'lubiyatga uchradi va bittasida durang qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sports.ru