Endrik "Real"ni tark etishi mumkin

Alisher
5 mar 2025, 23:14
"Real" hujumchi Endrikning ketish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Madrid klubi yozda braziliyalik futbolchini ijaraga yuborishi mumkin. Hujumchi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni xohlamoqda.

"Real"da Endrik bo'yicha yakuniy qaror mavsum yakunida qabul qilinadi. Hujumchining Madridda qolish-qolmasligi hozircha aniq emas.

Endrik joriy mavsum "Real" safida 27 ta o'yinda maydonga tushdi. Braziliyalik maydonda atigi 490 daqiqa harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: TodoFichajes