Endi Norchaev, Rahmonaliev, Ashurmatov, Galiulinning o'yinlarini Xitoyda ham tomosha qilishadi

Omonjon To`xtamirzayev
17 apr 2023, 12:15
Xitoy Rossiya MFL o'yinlari translyatsiya huquqini sotib oldi.

Milliy futbol ligasi bugun, 17 aprel kuni o'yinlar translyatsiya huquqi Xitoyga sotilganini e'lon qilishi kutilmoqda. Bu haqida vaziyatga yaqin manba xabar berdi.

MFL Xitoy bilan kelishib olgan. E'tiborli jihati, Xitoy RPL o'yinlari teletranslyatsiyasini ham sotib olmoqchi, ammo ular bir mavsum uchun 50 ming dollar taklif qilishgan.

RPL vakillari esa bu narx bugungi kun bozor darajasidan past deb hisoblashmoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia