Enco Fernandesning narxi ma'lum qilindi

Sherzod Nurmatov
13 dek 2022, 10:21
21 yoshli argentinalik futbolchiga talab katta.

Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Real" va "Liverpul" "Benfika" yarim himoyachisi Enco Fernandesga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq bu top-klublar hali argentinalik futbolchining transferi bo'yicha muzokaralarni boshlamagan.

Shubhasiz, "Benfika" Fernandesni yanvarda sotmoqchi emas. Shu bilan birga, uning transfer summasi har qanday holatda ham juda yuqori bo'ladi – kamida 120 million evro.

Enco Fernandes va Argentina terma jamoasi bugun JCH-2022 yarim finalida Xorvatiyaga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano