Emre Jan: "Biz rivojlanishda davom etishimiz kerak"

Mirjalol Normatov
7 iyun 2020
Dortmundning "Borussiya"si futbolchisi Emre Jan Germaniya chempionati doirasida "Gerta" ustidan (1:0) qozonilgan g'alaba haqida fikrlarini bildirdi.

Uchrashuvdagi yagona golni Jan 58-daqiqada kiritdi.

"Gerta"da golga tortadigan vaziyatlar ko'proq bo'ldi, biz esa yaxshi himoyalandik. O'z vaziyatimdan foydalanganimdan xursandman. Bu esa g'alabaga etarli bo'lganidan mamnunman.

Bu juda muhim g'alaba, ammo rivojlanishda davom etishimiz kerak", - dedi Jan.

31-turda dortmundliklar "Fortuna"ga qarshi bahs olib borishadi. Uchrashuv 13 iyun kuni bo'lib o'tadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild