

"Messiga qarshi xushtak chalinayotganini eshitsam, futbolni taxqirlayotgandek tushunaman. Tushunaman, hozir oddiy turgan kuchuk ham Messi va Neymar jamoani oldinga tortishi kerak deb hisoblaydi. Shu sababli Leoga maslahat - tezroq bu jamoadan ketish kerak!
Bu futbol klub emas, futbolchilarni nafaqaga chiqaradigan joy, xatto 20 yoshli futbolchi uchun ham. Bu erga kelishni hech kim istamayapti. Messi bunday aybdormi? U shunchaki tayoqchasi bor sehrgar. Yonidagilar esa ishni yaxshilashi, to'pni so'rashi, vaziyatlardan gol urishi kerak.
Galte haq, bu yerda boshqa futbolchilar ham mas'uliyatni bo'yniga olishi kerak. Faqatgina PSJ muxlislari Messiga yana bir sherik kerakligini tushunishi kerak", - dedi Peti.



