Emeri "Nyukasl"ning taklifini rad qilgani ma'lum bo'ldi

Sherzod Nurmatov
5 apr 2022, 21:21
"Vilyarreal" bosh murabbiyi Unai Emeri The Athletic nashriga bergan intervyusida o'tgan yilning kuzida "Nyukasl" taklifini nima uchun rad etganini aytdi.

"Premer-liga – murabbiylar uchun jozibador liga. Shuning uchun "Nyukasl" menga qo'ng'iroq qilgach, jiddiy loyiha uchun Angliyaga qaytish imkoniyati haqida ko'p o'yladim. Men uchun bu faxrlanarli mamnuniyat manbai edi va buni qadrlayman. "Nyukasl" kabi klubning taklifini tinglash, uni ko'rib chiqish yoqimli.

Men taklif haqida o'ylab, Fernando Roig bilan gaplashdim. Ammo mavsum o'rtasida "Vilyarreal" bilan Chempionlar Ligasida ishtirok etishimizni ham hisobga olishim kerak edi. Yakunda "Vilyarreal" va "Nyukasl"ni hurmat qilgan holda shu yerda qolishga qaror qildim. Men baxtiyorman, biz muhim ishni qilyapmiz", – dedi ispaniyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic