Emeri "Manchester Yunayted" murabbiyligi uchun nomzodlar orasida

Alisher
24 noya 2021, 17:16
"Manchester Yunayted" yangi murabbiy qidirishda davom etmoqda.

Nomzodlardan biri "Vilyarreal" bosh murabbiyi Unai Emeri hisoblanadi. Hali manchesterliklar ispaniyalik mutaxassis bilan aloqaga chiqishmadi.

Nomzodlar orasida shuningdek Xulen Lopetegi ("Sevilya"), Maurisio Pochettino (PSJ) va Brendan Rojers. "Lester" murabbiyining shartnomasida Chempionlar Ligasida ishtirok etuvchi klublar uchun tovon puli bor.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Zinedin Zidan va Roberto Manchini "qizil iblislar"ni boshqarishni xohlashmagan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild