Emeri - Yevropa Ligasi finaliga chiqish va uni yutish bo'yicha mutaxassis
10 may 2019, 09:20
Unai Emeri “Arsenal” bilan ham Yevropa Ligasi finaliga chiqdi.
Bu Unai Emerining mazkur musobaqa finaliga 4 marta chiqishi bo'ldi. Murabbiy avval (2014-2016) “Sevilya” bilan 3 marta finalga chiqib, ularning barchasida g'olib bo'lgandi. “Arsenal”dagi ilk mavsumidayoq u Yevropa Ligasi finaliga chiqishni uddaladi.