Emenalo: "Boshqa klublar "Chelsi" transfer siyosatini ko'chiradi"

Aslanov Jasurbek
11 sen 2015, 11:41
"Chelsi" texnik direktori Maykl Emenaloning fikricha, londonliklarning transfer siyosati to'g'ri yuritilmoqda.

"Kelajakda bizning transfer siyosatimizni boshqa klublar ko'chirib oladi. Akademiyada 18 yoshgacha bo'lgan futbolchilarni kattalar darajasida o'ynashiga imkon yanatish lozim. Ammo biz yoshlar jamoasi haqida emas, g'alabalarga intilgan va barcha sovrinlar uchun kurashadigan "Chelsi" haqida gapiryapmiz. Bu yerda xato qilib bo'lmaydi. "Chelsi"da yoshlardan ko'p narsa talab qilinadi va 18-19 yoshli yigitlar talablarga javob berishini kutish qiyin.

Biz FA rahbarlari bilan suhbatlashdik va yosh futbolchilarni chet klublariga ijaraga berayotganimizdan ko'nglimiz to'q" - deydi Emenalo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com